"Liverpul" vingeri Federiko Keza yozda "Yuventus"ga qaytmaydi.

Italiyalik futbolchiga Angliyadagi bir yil etarli bo'lgan ko'rinadi: u joriy transferlar oynasi yopilgunga qadar Italiyaga qaytishni istamoqda. A Seriya klublari ko'pincha jarohatlardan aziyat chekadigan 27 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga shoshilmayapti. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "Yuventus" Kezani taklif qilish haqida o'ylamayapti. Turinliklar hujum qanotini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda, ammo boshqa futbolchi - "Manchester Yunayted" vakili Jeydon Sanchoni ma'qul ko'rmoqda.

Federiko Keza o'tgan yilning avgustida "Yuventus"ni tark etgandi. Evropa chempionining transferi "Liverpul"ga 12 mln evroga tushgan.