"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich transfer oynasi yopilgunga qadar Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

“Keksa sinyora” rahbariyati kelasi yili shartnomasi tugaydigan va uzaytirilishi dargumon serbni qo'yib yuborishga tayyor.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, yaqinda Angliya premer-ligasining nomi oshkor etilmagan ikki klubi Vlaxovich haqida so'rov o'tkazgan.

Hozircha rasmiy takliflar yo'q, hamma narsa shunchaki qiziqish bilan cheklangan. So'nggi paytlarda "Milan" Dushan Vlaxovichga asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.

Potentsial xaridorlar uchun asosiy muammo forvardning katta maoshi hisoblanadi.