Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Fabio Miretti "Napoli"ga o'tishi mumkin.

22 yoshli futbolchining agenti Jovanni Branchini bu borada muzokaralar boshlanganini tasdiqladi.

"Klublar ehtimoliy transferni muhokama qilishni boshladi, biz esa vaziyat qanday rivojlanishini kutmoqdamiz," - dedi u Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Avvalroq, neapolliklar futbolchini 12-14 million evroga sotib olishi aytilgandi.