"Yuventus" futbolchisi Liga 1 grandi safiga o'tishga qaror qildi

"Yuventus" futbolchisi Timoti Vea faoliyatini "Marsel"da davom ettirmoqchi. 25 yoshli vingerning frantsuz klubi bilan muzokaralari boshlangani haqida yaqinda ma'lum bo'ldi. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan hisobotida aytilishicha, tomonlar to'liq kelishuvga shiddat bilan yaqinlashmoqda va Vea allaqachon "Marsel"ga o'tishni xohlashga qaror qilgan.
Amerikalik futbolchi Frantsiya chempionati bilan yaxshi tanish: 2023 yilda u "Lill"dan "Yuventus"ga o'tgan, avval esa faoliyatini boshlagan "PSJ"ga tegishli bo'lgan.
"Marsel" Liga 1ning o'tgan mavsumida "PSJ"dan 19 ochkoga ortda qolib, 2-o'rinni egalladi.