"Yuventus" futbolchisi "Fenerbaxche"ga o'tishdan bosh tortdi

"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luis "Fenerbaxche"ga rad javobini berdi. Istanbul klubi "jiddiy" taklif bilan chiqdi, biroq braziliyalik futbolchi faoliyatining hozirgi bosqichida Turkiyaga ko'chib o'tishga tayyor emasligi haqida ma'lum qildi, deb yozadi jurnalist Oratsio Akkomando. 27 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasiga qaytishni istamoqda. Unga "Nottingem Forest" qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha aniqlik kiritilmagan.
"Yuventus" joriy transferlar davrida Duglas Luis bilan xayrlashmoqchi. Futbolchi o'tgan yozda "Aston Villa"dan 51 mln evro evaziga turinliklar safiga qo'shilgandi, ammo Italiyada o'zini ko'rsata olmadi. Transfermarkt portali xavbekning narxini 30 mln evroga baholamoqda.