"Yuventus" futbolchisi APLga qaytmoqda

Duglas Luis yana Premer-ligaga qaytadi.
"Nottingem Forest" "Yuventus" bilan braziliyalik yarim himoyachining transferi bo'yicha 30 million evroga kelishib oldi, deb xabar beradi Globo nashri. Futbolchi "o'rmonchilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Luis Turin klubiga o'tgan yili "Aston Villa"dan ko'chib o'tgandi. A Seriyada esa u 19 ta o'yinda gol urmagan.