"Yuventus" bosh direktori Damen Komolli Dushan Vlaxovichning jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Agar munosib taklif kelsa, Vlaxovich ketishi mumkin, biz bu haqda kelishib olganmiz. Kolo-Muani qaytishni istayapti, biz bu masala ustida ishlamoqdamiz. Nima bo'lishini ko'ramiz, Devid va Vlaxovich bo'yicha tashvishlanmaymiz", - dedi Komolli.

Avvalroq serbiyalik forvardga "Milan" jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.