"Yuventus" bu sotuvdan 13 million evro ishlab oladi

"Yuventus" futbolchisi Samuel Mbangula faoliyatini Bremenning "Verder" klubida davom ettiradi. 21 yoshli vinger muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi, shuning uchun uning o'zi nemis klubiga o'tishni talab qildi. Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, "keksa sinora" belgiyalikni 10 million evro va 3 million bonus evaziga sotishga rozi bo'lgan. Tez orada futbolchi Germaniyada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Samuel Mbangula "Yuventus"ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.