"Vulverxempton" yarim himoyachisi Andre "Yuventus" e'tiboriga tushib qoldi.

23 yoshli futbolchi "keksa sinora"ga keraksizga aylangan Duglas Luisning o'rinbosari hisoblanadi. Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, Turin klubi joriy transfer oynasida "bo'rilar" tayanch yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganib chiqmoqda.

O'tgan yilning avgust oyida "Vulverxempton" braziliyalik futbolchini "Fluminense"dan 22 mln evroga sotib olgan, transfermarkt portali futbolchining hozirgi qiymatini 28 mln evroga baholamoqda. Andre o'tgan mavsumda ingliz jamoasi safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmagan.