"Yuventus" bosh murabbiyi Kolo-Muani va Xyoylund o'rtasida tanlov qildi

"Yuventus" yangi markaziy hujumchi olib kelish ustida ishlamoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Turin klubi "Bolonya"dan Santyago Kastro va "Manchester Yunayted"dan Rasmus Xyoylund kabi futbolchilar nomzodini ko'rib chiqqan. Biroq, "keksa sinora" bosh murabbiyi Igor Tudor klubdan Randal Kolo-Muanini sotib olishni so'radi. Aynan 26 yoshli frantsuzni turinliklar ustozi o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
Avvalroq Kolo-Muani "PSJ" yoshlar jamoasiga yuborilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Randal "Yuventus"da ijara asosida o'ynadi.