"Yuventus" birgina holatda yangi hujumchi olib kela oladi

"Yuventus" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashdan oldin Dushan Vlaxovich bilan xayrlashishiga to'g'ri keladi.
"Keksa sinora" rahbariyati yana bir forvardni taklif qilishdan manfaatdor, biroq klubda eng ko'p maosh oluvchi futbolchi - Vlaxovich qolar ekan, u transferni amalga oshira olmaydi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka di Martsio. Serbiyalikning shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi va turinliklar iloji boricha tezroq echim topish uchun qo'llaridan kelganini qilishmoqda. Oxirgi chora - shartnomani bekor qilish ehtimoli o'sishda davom etmoqda, chunki 25 yoshli futbolchiga hozirda bozorda qiziqish katta emas.
Eslatib o'tamiz, yaqinda "Yuventus" safini erkin agent sifatida kelgan hujumchi Jonatan Devid to'ldirdi.