"Yuventus" "Atletiko"ning argentinalik futbolchisiga qiziqib qoldi

Madridning "Atletiko" klubi o'ng qanot himoyachisi Nauel Molina faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Turin klubi rahbariyati argentinalik futbolchini asosiy transfer maqsadi sifatida belgiladi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport. "Matraschilar" 27 yoshli futbolchini sotish orqali 25-30 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Nauel Molinaning "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, uning narxi 20 mln evroni tashkil etadi. O'tgan mavsumda futbolchi Diego Simeone jamoasi safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.