"Vulverxempton" yarim himoyachisi Andre "Yuventus" e'tiborini tortdi.

"Keksa sinora"ning 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida bir necha hafta oldin ma'lum bo'lgandi. Jurnalist Mirko di Natalening ma'lum qilishicha, yaqinda turinliklar xavbek transferi bo'yicha yana "bo'rilar"ga murojaat qilishgan, biroq ingliz klubining pozitsiyasi o'zgarishsiz qolmoqda: futbolchi faqat juda katta summa evaziga sotiladi.

Andrening nufuzli Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 28 mln evro. O'tgan yilning yozida "Vulverxempton" braziliyalikni "Fluminense"dan 22 mln evroga sotib olgan edi.