"Yuventus" 40 million evroga yarim himoyachi xarid qilmoqchi

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Morten Yulmann faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
"Keksa sinora" vakillari daniyalikni anchadan beri kuzatishmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning ma'lum qilishicha, turinliklar joriy transferlar davrida 26 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Potentsial bitim qiymati 40 mln evroga baholanmoqda, biroq hozirda rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.
Morten Yulmanning Transfermarkt saytidagi narxi - 50 mln evro. Xavbekning "Sporting" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Yulmann lissabonliklar safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.