Yuriy Syomin: "Fayzullaevning ketishi TsSKA uchun yo'qotish"

Mashhur murabbiy Yuriy Syomin TsSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga o'tishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. Syominning fikricha, o'zbekistonlik futbolchining ketishi "harbiylar" uchun yo'qotish bo'ladi.
"Fayzullaevning ketishi TsSKA uchun yo'qotish deb hisoblayman. U menga juda yoqardi. Uning ketishi tabiiydir, chunki Abbos bilan kelishilgan edi. U TsSKAda yaxshi faoliyat olib bordi. Uning kelajakdagi istiqboli yaxshi," - deya Syominning so'zlarini keltiradi "RB Sport".