Yurgen Klopp - Virtsning "Liverpul"ga transferi haqida: "U jamoani aniq kuchaytiradi"

"Liverpul"ning sobiq murabbiyi klubning yangi yulduz transferi haqida fikr bildirdi.
Yurgen Klopp klubning Florian Virtsni o'z safiga qo'shib olish qarorini ma'qulladi, biroq futbolchining qaysi pozitsiyada o'ynashini bilmaydi.
"U o'zini ko'rsatadi, garchi Arne Florian uchun qaysi pozitsiyani mo'ljallaganini aniq bilmasam-da. Bu mutlaqo ajoyib bo'ladi, bunga ishonchim komil.
Chempion bo'lganingizda jamoani kuchaytirish juda mushkul. Ammo "Liverpul" buning uddasidan chiqdi.
Ular Florian Virts timsolida g'oyat iste'dodli futbolchini saflariga qo'shib oldilar. Uning o'yinini kuzatishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu ajoyib bo'ladi," - dedi Klopp.