"Manchester Yunayted" “Lids”ga qarshi o'yin uchun Stokgolmga yo'l oladigan 29 nafar futbolchidan iborat tarkibni e'lon qildi.

Shvetsiya poytaxtiga quyidagilar yo'l oladi:

Darvozabonlar: Altay Bayiindir, Tom Xiton, Dermot Mi.

Himoyachilar: Diogu Dalo, Nussair Mazraui, Matteys de Ligt, Xarri Maguayr, Patrik Dorgu, Leni Yoro, Lyuk Shou, Eyden Xeven, Diego Leon, Tayler Fredrikson, Ris Munro, Goduill Kukonki.

Yarim himoyachilar: Meyson Maunt, Brunu Fernandesh, Kazemiro, Manuel Ugarte, Kobbi Meynu, Djek Fletcher, Seku Kone, Tobi Koller.

Hujumchilar: Rasmus Xyoylund, Mateus Kunya, Amad, Chido Obi, Itan Uilyams, Bendito Mantato.

Andre Onana va Joshua Zirkzee kichik jarohatlardan keyin tiklanish uchun “Karrington”da qolishadi — ular AQShda jamoaga qo'shilishadi.

Manchester Evening News nashri xabariga ko'ra, Harri Amass jamoaning mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etmaydi, chunki unga ko'proq o'yin amaliyoti berish maqsadida ijaraga berilishiga qaror qilingan.