Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Joau Feliks tez orada "An-Nasr"ga o'tadi. Saudiya klubi "ko'klar" bilan transfer shartlarini kelishib bo'lgan - bitimning umumiy qiymati taxminan 50 mln evroni tashkil qiladi. Portugaliyalikning o'zi transferga tayyor: nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi "An-Nasr" bilan 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi.

Agar hammasi ko'ngildagidek ketsa, Joau Feliksning transferi yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi.