Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Luka Yovich Gretsiyaning AEK futbolchisiga aylandi. Uning so'zlariga ko'ra, bu "shaxsiy qaror" bo'lgan - ehtimol, Gretsiya va uning vatani Serbiyaning tarixiy yaqinligi bilan bog'liq.

"Men bu klubni shaxsiy sabablarga ko'ra tanladim. Men murabbiy bilan ko'p gaplashdim, uning o'z ishiga qanday ishtiyoq bilan yondashayotganini ko'rdim. AEKning ambitsiyalari bor, maqsadi bor. Klub hujumida etakchi bo'lishni, muhim gollar urishni istayman. Men yangi missiyaga tayyorman," - deya Yovichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Yovich "Milan" safida ikki yil - 2023 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi. 2018 yildan beri u o'z mamlakati terma jamoasida o'ynaydi.