Toshkent mezbonlik qilayotgan voleybol bo'yicha U-19 yosh toifasidagi Jahon chempionatining pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun 1/8 finalda Italiyaga imkoniyatni boy bergan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 9-16 o'rinlar uchun kechgan bahsda Braziliyaga qarshi bahs olib bordi. Braziliyalik voleybolchilar 1/8 finalda Frantsiyaga yutqazishgan edi. 

Biroz avval yakuniga etgan O'zbekiston - Braziliya uchrashuvida okeanorti vakillari 3:1 (25:13, 23:25, 25:15, 25:18) hisobida zafar quchishdi. Bu terma jamoamizning ketma-ket qabul qilib olgan to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi.