Bugun, 10 iyul kuni FIFA reytingining yangilangan talqini e'lon qilindi. Ro'yxatda birinchi o'rinni amaldagi jahon chempioni - Argentina terma jamoasi egalladi.

Ikkinchi pog'onani Ispaniya milliy jamoasi band etdi. "Qizil furiya" Evropa chempioni unvoniga ega.

Kuchlilar uchligini jahon vittse-chempioni bo'lgan Frantsiya terma jamoasi yakunladi.

Shuningdek, FIFA talqiniga ko'ra dunyoning eng yaxshi o'nta terma jamoasi qatoriga Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya va Xorvatiya kirdi.