Jizzax viloyatida ham “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqich bahslari boshlandi. Bugun Jizzax shahridagi “Cyber Arena” majmuasida taekvondo WT bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi.

Qolaversa, Navoiy viloyatida og'ir atletika bo'yicha bahslar tashkil etildi. Viloyat yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabida o'tgan qiziqarli bellashuvlarda kuchlilar aniqlandi.

Surxondaryoda esa boks bo'yicha musobaqalar boshlandi. Dasturga ko'ra, bugun saralash bosqichidan o'rin olgan janglar tashkil etildi. Bellashuvlarda yigitlar va qizlar turli vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.