Yana bir o'zbek futbolchisi Evropa klublarining diqqat markazida. “Surxon” jamoasining 20 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Asilbek Jumaev Portugaliya yoki Belgiya klublaridan biriga ko'chib o'tishi mumkin.

Futbolchining ehtimoliy transferi qishki transfer oynasida amalga oshishi kutilmoqda. Hozirda bir nechta klub skautlari uning o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Ta'kidlash joizki, Jumaevning transfer bahosi 300 ming evro deb baholanmoqda. Uning “Surxon” bilan shartnomasi 2026 yilning oxirigacha amal qiladi.

Manba: upl.uz