"Barselona" vingeri Lamin Yamal o'z talqiniga ko'ra Kataloniya klubi afsonalarining ramziy terma jamoasini taqdim etdi.

Darvozabon: Viktor Valdes

Himoyachilar: Jerar Pike, Karles Puyol va Xaver Maskerano

Yarim himoyachilar: Xavi, Inesta, Buskets va Ronaldino

Hujumchilar: Messi, Neymar va Suares.

13 iyul, yakshanba kuni Lamin Yamal 18 yoshga to'ladi. Vinger voyaga etguniga qadar "Barselona" safida 100 dan ortiq rasmiy o'yin o'tkazishga ulgurdi.