Xvicha bu yo'lga haqli ravishda etib keldi

Yaqinda "Oltin to'p" uchun 30 nafar nomzod nomi e'lon qilindi. Da'vogarlar ro'yxatidan "PSJ"da to'p tepayotgan Xvicha Kvaratsxeliya ham bor edi.
Bu ma'lumotga rossiyalik murabbiy Yuriy Syomin izoh berdi.
"Xvicha u erga haqli ravishda etib keldi, chunki u mavsumni juda yorqin o'tkazdi. U bir vaqtning o'zida ikkita - Italiya va Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Qolaversa, u ajoyib o'yinlari bilan Gruziya terma jamoasida o'zini namoyon qildi. Shuning uchun hammasi tabiiy", - deya Syominning so'zlarini keltiradi "Sovetskiy sport".