Xurshid Muxtorov Indoneziyaga klubida to'p suradi

Tajribali himoyachi Xurshid Muxtorov yana legionerga aylandi.
31 yoshli futbolchi Indoneziyaning “Persik Kediri” jamoasi bilan bir yillik bitim imzoladi.
Futbolchi yangi jamoasi mashg'ulotiga qo'shilish uchun Indoneziyaga uchib ketdi.
U mavsumni Qozog'istonning “Turon” jamoasida boshlagandi. Biroq moliyaviy muammolar sabab u klubni tark etishga qaror qilgandi.
Bu klub safida u 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.