Xulian Alvares bu borada top-5 chempionat futbolchilari orasida etakchilardan

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares La Liga startida jamoasining ilk golini urdi.
Argentinalik futbolchi "Espanol"ga qarshi 1-tur o'yinining 37-daqiqasida jarima zarbasidan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.
Bu futbolchining o'tgan mavsum boshidan buyon barcha musobaqalarda jarima zarbasidan urgan uchinchi goli bo'ldi - bu Bruno Fernandesh ("Manchester Yunayted") va Omar Marmush ("Manchester Siti") bilan bir qatorda beshta etakchi chempionatning barcha vakillari orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.