Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi, hozirda Qatarning "Al-Garafa" klubida to'p tepayotgan Xoselu Daniel Karvaxal va Trent Aleksandr-Arnold o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi.

Yulduz angliyalik futbolchi yoz boshida "Liverpul"dan sotib olingan edi. Aynan u La Liganing birinchi turida "Osasuna"ga qarshi o'yinda "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 68-daqiqagacha o'ynadi, shundan so'ng u Karvaxalga almashtirildi.

"Biz o'z vaqtida "Real" Daniloni 40 mln evroga sotib olganini ko'rdik, Karvaxalning pozitsiyasiga boshqa futbolchilar ham kelishdi. Ammo Danida kamdan-kam uchraydigan raqobat geni bor. Bundan tashqari, oxir-oqibat, o'yinlar sonini hisobga olgan holda, har bir pozitsiyada ikkitadan futbolchi bo'lishi foydali," - deya Xoseluning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.