"Xorazm" Xalqaro o'rtoqlik o'yinida durang o'ynadi

"Xorazm" Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa bugun Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Vahsh" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi.
Bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. Xorazmliklardan Temurbek Ismoilov, Shahrom Samiev va Hazratjon Tursunqulov gol urishdi.