“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o'z tug'ilgan kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda olgan haqoratli xabarga kinoyali tarzda javob berdi.

Norvegiyalik yulduzga bir foydalanuvchi quyidagi nafratga to'la so'zlarni yozgan:

Umid qilamanki, sen bir kun kelib o'lasan. Juda ahmoqsan, ko'rinishing esa darbadarga o'xshaydi. Borib o'zingni o'ldir.

Holand esa ushbu xabarga kinoyali tarzda javob qoldirdi:

Ajoyib tug'ilgan kun tabrigi uchun rahmat, Uil! Umid qilamanki, ota-onang bu yozgan tabrigingdan faxrlanadi.

Keyinchalik xabar muallifi o'z yozgan so'zlaridan pushaymon bo'lib, kechirim so'radi:

Men juda ahmoqona so'zlar yozdim. Bu mening asl shaxsimni aks ettirmaydi. Yozganlarim haqiqiy futbol muxlisiga xos emas.

 

Manba: daryo.uz