Bu haqda mamlakat xokkey federatsiyasi xabar berdi.

"O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tataristonning Almetevsk shahriga xokkey tayyorgarlik markazida o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashish uchun jo'nab ketdi. 

Yigitlarni muz ustidagi mashg'ulotlar, nazorat o'yinlari va mavsumga to'liq tayyorgarlik jarayoni kutmoqda", deyiladi xabarda.