Ximenes "Milan"ni tark etishi mumkin

Meksikalik hujumchi Santyago Ximenes "Milan"ni tark etishi mumkin. Bunga nigeriyalik hujumchi Viktor Bonifasening kelishi sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Milan"da murabbiy o'zgardi, Massimiliano Allegri klub boshqaruviga qaytdi va tabiiyki, u jamoa qanday o'ynashi kerakligi haqida boshqacha tasavvurga ega. Ximenes o'tgan mavsumda "Milan" safida A Seriyada 5 ta gol urdi - bu Pulishich, Reynders va Leaudan keyin jamoadagi to'rtinchi natija.
Italiya chempionatining 1-turida "Milan" o'z maydonida "Kremoneze"ga qarshi bahs olib boradi.