Xesus Valexoning aytishicha, Jud Bellingem unga darhol yoqib qolgan.

"Yodimda, "Real" Jud bilan shartnoma imzoladi va klubdagilar unga Zidanga tegishli bo'lgan 5-raqam yoqishini aytishdi.

Shuning o'zi etarli bo'ldi, unga 5-raqamni berishdan xursand bo'laman, deb javob berdim. Bir daqiqa o'tgach, Jud menga shaxsiy pochtamga ingliz tilida uzun va juda ta'sirli xabar yubordi. Keyin mavsumoldi yig'inlarida menga minnatdorchilik bildirdi.

U o'z yoshidan ancha katta ko'rinadi, juda to'g'ri mentalitetga ega. Men u bilan yaqindan tanishganimdan keyin unga raqam berganimdan xursand bo'ldim," - dedi "Madrid"ning sobiq himoyachisi.