Xenderson tibbiy ko'ridan o'tdi

Yarim himoyachi Jordan Xendersonni tez orada yana Angliya Premer-ligasida ko'rish mumkin bo'ladi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 35 yoshli Xenderson allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan va "Brentford" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Tez orada bitim haqida rasman e'lon qilinadi.
"Brentford" safida Jordan Xenderson Kristian Nergorning o'rnini egallashi kerak.
Eslatib o'tamiz, Xenderson bir yarim mavsumni "Ayaks"da o'tkazgan va bir necha kun oldin klubni tark etgandi. Shunga ko'ra, "Brentford" tajribali angliyalik futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oladi.