Xayrulla Hamidov ham «Setanta Sports» bilan shartnoma imzoladi

Angliya premer-ligasining O'zbekistondagi translyatsiyasi huquqiga ega bo'lgan «Setanta Sports» telekanali boshlanayotgan mavsumda o'yinlarni o'zbek tilidagi sharh yordamida efirga uzatishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya bu maqsad yo'lida "Sport" telekanali sharhlovchilari bilan shartnoma imzolamoqda. «Setanta Sports» APL o'yinlarini sharhlash uchun sport jurnalisti Xayrulla Hamidov bilan kelishuvga erishilganini ma'lum qildi.
Avvalroq «Setanta Sports» Orif Tolipov, Davron Fayziev va Hasan Turdaliev bilan bir mavsumga shartnoma imzolaganini e'lon qilgandi.