"RB Leyptsig"ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons qaerda o'ynashni istayotganini allaqachon hal qilib bo'lgan.

"Bavariya", "Manchester Siti" va boshqa klublarning qiziqishiga qaramay, 22 yoshli futbolchi "Chelsi" bu transferni yopishini kutmoqda, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Niderlandiyalik futbolchi yozda Entso Mareska jamoasiga o'tishga qaror qilgan va rejalarini o'zgartirish niyatida emas.

Futbolchi iyul oyida "ko'klar"ga o'z roziligini bergan edi. "Chelsi" va "RB Leyptsig" hali Xavi Simonsning transferi bo'yicha ba'zi tafsilotlarni kelishib olishmayapti.