Hujumkor yarim himoyachi Xavi Simonsning "RB Leyptsig"dan "Chelsi"ga transferi hali yakuniga etgani yo'q.

OAVda bir necha haftadan buyon niderlandiyalik futbolchining "ko'klar" safiga o'tishi deyarli muqarrarligi haqida gap-so'zlar yuribdi, ammo kelishuv hali ham imzolanmagan. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, buning kamida ikkita sababi bor: "RB Leyptsig" hozirda hujumchi Benyamin Sheshkoni sotish bo'yicha muzokaralarga e'tibor qaratmoqda, "Chelsi" esa, o'z navbatida, ketish uchun transferlar bilan band. Yuqoridagi operatsiyalar yakunlangach, klublar Simons bo'yicha hal qiluvchi muzokaralarni o'tkazishi kutilmoqda.

22 yoshli futbolchining o'zi "Chelsi"ga o'tmoqchi va mish-mishlarga ko'ra, u allaqachon uzoq muddatli shartnoma imzolashga rozi bo'lgan.