Yakshanba tongida chempionlik kamari uchun oktagonga chiqadigan Xamzat Chimaev Shimoliy Amerika promousheni tarixidagi besh buyuk jangchi reytingini tuzib chiqdi.

Ularning bari mag'lubiyatga uchramagan aralash yakkakurash ustalari hisoblanadi. 

"Janglari bo'yicha ham, rekordlari borasida ham ular yuqorida uzoq vaqt qolishgan... Ehtimol, Jon Jons, Jorj Sen-Per, Xabib Nurmagomedov, Bi-Jey Penn. Hozirgi jangchilardan Islam Maxachev mening beshtalik reytingimga kiradi. Islam allaqachon hammasini isbotladi. Ikkinchi divizionni zabt etish uchun kelmoqda", - dedi Chimaev UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.