"Xall Siti"ning kolumbiyalik futbolchisi klubni tark etishi mumkin

TsSKA “Xall Siti” yarim himoyachisi Gustavo Puerta bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko'ra, tomonlar muzokaralarda muvaffaqiyatga erishgan. Kolumbiyalik futbolchi ijara asosida "armiyachilar" safiga qo'shilishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Puerta "Xall Siti" safida barcha turnirlarda 31 o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt 22 yoshli yarim himoyachini 3,5 million evroga baholamoqda.