Klublar o'rtasidagi jahon chempionati "Real"ning ba'zi muammolarini ko'rsatdi, ammo ijobiy jihatlar ham bor. Marca nashrining xabar berishicha, madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Orelen Tchuameniga juda yuqori baho bergan. Frantsuz Alonso tizimida to'rtta himoyachi yoki uchta markaziy himoyachi bo'lishidan qat'i nazar, asosiy rol o'ynay olishini ko'rsatdi. Tchuameni Alonsoning "erkatoy" futbolchisi sifatida tasvirlangan.

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real" yarim finalga qadar etib borgan va yirik hisobda 0:4 hisobida "PSJ"ga mag'lub bo'lgan edi. Hozirda jamoa ta'tilda.

Xabaringiz bor, Xabi Alonso klublar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan "Real"ni qabul qilib olgan edi.