Xabi Alonsoning Gyuler va Mastantuono bo'yicha "Real"dagi rejalari ma'lum

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning ikki yulduzi borasida bir qarorga keldi.
Joriy oyda "qaymoqranglilar" safiga Arda Gyulerning to'g'ridan-to'g'ri pozitsiyadagi raqibi sanalgan Franko Mastantuono kelib qo'shildi. Shunga qaramay, The Athletic xabariga ko'ra, madridliklar ustozi futbolchilarni turli rollarda o'ynatishni rejalashtirmoqda: u 20 yoshli turkni o'rta chiziqda o'ynatishda davom etadi, 18 yoshli argentinalik esa hujumda turli pozitsiyalarni yopishi mumkin.
Franko Mastantuono "Real"ga Argentinaning "River Pleyt" klubidan ko'chib o'tgan. Transfer qiymati 45 mln evroni tashkil etgan.