Vinisiusga uning "PSJ" bilan o'yindagi pozitsiyasi yoqmadi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "Real" Parij klubiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

25 yoshli vinger o'ng qanotda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kilian Mbappe va Gonsalo Garsiya bilan birgalikda u "Madrid"ning hujum uchligini tuzdi.

COPE xabariga ko'ra, Vinisius murabbiy Xabi Alonso belgilab bergan pozitsiyada o'zini noqulay his qilgan.

65-daqiqada braziliyalik futbolchi o'rniga Braim Dias maydonga tushdi. Vinisius klublar o'rtasidagi jahon chempionatida jami oltita o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.