Xabi Alonso "Real"ga yangi yulduz tanladi

Londonning "Chelsi" klubi etakchisi, o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Koul Palmer ispan superklubining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Madridning "Real" klubi angliyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Madrid Universal sahifasi. Koulning transferiga "qirollik klubi" ustozi Xabi Alonso shaxsan qiziqish bildirmoqda. Mutaxassisning fikricha, ingliz uning o'yin sxemasiga yaxshi moslashadi.
Palmer 2033 yil iyun oyi oxirigacha "aristokratlar" bilan mehnat majburiyatlari bilan bog'langan. Futbolchining transfer narxi 120 million evroga baholanmoqda.
Avvalroq, matbuotda yarim himoyachiga "PSJ" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.