"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening yangi mavsumdagi kayfiyati haqida gapirdi.

«Birinchi mavsumdan so'ng Kilian endi jiddiy ravishda ko'proq narsani xohlaydi - u bilan suhbatlashganingizda va birga ishlaganingizda bu seziladi. Ko'rish mumkinki, u haqiqatan ham juda-juda motivatsiyaga to'la», - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi AS.

2024/25 yilgi mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 59 ta o'yin o'tkazib, 44 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 25 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.