World Boxing Cup. Bugun bir bokschimiz finalda jang qiladi

Qozog'istonda start olgan World Boxing tashkiloti kubogi bahslarida bugun final janglari bo'lib o'tadi.
Ushbu bosqichga vakillarimizdan Navbahor Hamidova etib keldi va u o'zining doimiy raqiblaridan turkiyalik Olimpiada va uch karra Jahon chempioni Busenaz Surmeneliga qarshi ringga ko'tariladi. Navbahor Busenaz bilan so'nggi bor mart oyida Jahon chempionati finalida ham to'qnash kelgandi va biroz omadsizlik sabab mag'lub bo'lgan edi. Lekin, bugun u raqibasidan ustun kelishiga ishonamiz va omad tilaymiz.
-65 kg: Navbahor Hamidova - Busenaz Surmeneli (Turkiya) 20:00
Yarim finalda mag'lub bo'lgan 4 sportchimiz — Feruza Kazakova (54 kg), Aziza Zokirova -(75 kg), Sohiba Ro'zmetova (80 kg) va Oltinoy Sotimboeva (+80 kg) bronza medalini qo'lga kiritishdi.