Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Astana shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qildi. Unda ishtirok etgan Elshod Rasulov boshchiligida ayollar terma jamoamiz musobaqani bitta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunladilar.

Navbahor Hamidova -65 kg vaznda bo'lib o'tgan finalda turkiyalik Olimpiada va uch karra Jahon chempioni Busenaz Surmenelini irodali tarzda 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi hamda musobaqa oltin medali bilan birga raqibidan avvalgi mag'lubiyat uchun revansh oldi.

G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-65 kg. Navbahor Hamidova

Bronza medal:
-54 kg. Feruza Kazakova
-75 kg. Aziza Zokirova
-80 kg. Sohiba Ro'zmetova
+80 kg. Oltinoy Sotimboeva

Murabbiylar: Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.