Vunderkind Estevao nima uchun "Chelsi"ni tanlaganini tushuntirdi

"Chelsi"ning yangi a'zosi Estevao Villian ko'plab variantlar orasidan nega London klubini tanlagani haqida gapirib berdi.
O'sha paytda "Palmeyras" safida to'p tepgan umidli braziliyalik bir qator Evropa grandlari e'tiborida edi, ammo u "Chelsi"ga o'tishni ma'qul ko'rdi. Seshanba kuni "ko'klar" 18 yoshli futbolchini yangi o'yinchi sifatida tanishtirdi.
"Klub tuzilmasi, loyiha va rejalar - transferning asosiy sabablari, aynan shu narsa meni va oilamni ko'proq qiziqtirdi. O'ylaymanki, biz barcha imkoniyatlardan eng yaxshisini qabul qildik," - deya Estevaoning so'zlarini keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.