"Fluminense" qanot vingeri Jon Aryas faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Vulverxempton" Braziliya klubi bilan futbolchini 22 million evroga sotib olish bo'yicha kelishib oldi.

Aryas "Fluminense" safida 2021 yildan buyon to'p tepib kelmoqda, uning braziliyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan.