"Vulverxempton" "Chelsi"ning ikki futbolchisiga da'vogar

"Vulverxempton" joriy transferlar davrida "Chelsi"ning birdaniga ikki futbolchisini o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Gap markaziy himoyachi Aksel Disasi va hujumchi David Datro Fofana haqida ketmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, "bo'rilar" har ikki futbolchi haqida ma'lumot so'ragan. Frantsiyalik va ivuarlik "ko'klar" safini tark etishga tayyor, chunki bosh murabbiy Entso Mareska ularga umid qilmayapti.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari 27 yoshli Disasining narxini 22 mln evroga, 22 yoshli Fofananing narxini esa 6 mln evroga baholamoqda. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarida o'z nihoyasiga etadi.