Vud klubi tarixiga kirdi

Angliya premer-ligasining yangi mavsumi boshlandi, “Nottingem Forest” o'z uyida “Brentford”ni qabul qildi va g'alaba qozondi (3:1).
“O'rmonchilar” juda tez hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi – Kris Vud buni beshinchi daqiqadayoq amalga oshirdi.
Ma'lum bo'lishicha, u "Nottingem Forest" jamoasining Angliya Premer-ligasi tarixidagi birinchi turda eng tezkor golini urdi.